Sening virtual olaming

Katta o'yinlar.
Sening telefoningda.

Strategiya, otishma, poyga. Afsonaviy klassika — bitta launcherda. Striming emas: o'yin to'g'ridan-to'g'ri qurilmaning o'zida ishlaydi.

Android 9.0+ Build 1.0.32 iOS — tayyorlanmoqda
Qoida

Uch qadam. Boshqa sozlash yo'q.

Wine, konteyner, ISO — bularning hech birini bilish shart emas. Launcher hammasini o'zi qiladi.

01

Yukla

Katalogdan o'yinni tanlang — fayllar avtomatik yuklanadi va ichki xotiraga yopiq holda joylashadi.

02

Och

Bitta tugma. Dvijok, ekran o'lchami va boshqaruv qurilmangizga moslab oldindan sozlanadi.

03

O'yna

To'g'ridan-to'g'ri o'yin menyusiga kiriladi. Chiqsangiz — yana toza CAT ekraniga qaytasiz.

To'plam

Qo'llab-quvvatlanadigan o'yinlar

Har biri o'z boshqaruv profili bilan: strategiya uchun sensor, otishma uchun virtual stik.

C&C Generals: Zero Hour
Strategiya

C&C Generals: Zero Hour

Afsonaviy RTS. To'liq sensorli boshqaruv va moslashtirilgan grafik dvigatel.

ShockWave · 007 · ReloadedTayyor
Red Alert 2
RTS

Red Alert 2 & Yuri's Revenge

Klassik urush strategiyasi, Android ekraniga to'liq moslashtirilgan interfeys.

0 ta virtual knopkaTayyor
Dota
MOBA

Dota Mobile Edition

Afsonaviy MOBA mexanikasi sensorli ekranga moslashtirilgan talqinda.

Lokal xonaRivojlanmoqda
Call of Duty 4
FPS

Call of Duty 4: Modern Warfare

Taktik otishma: ekranga moslangan nishon olish va virtual stik boshqaruvi.

To'liq ekranTayyor
CS 1.6
Multiplayer

CS 1.6 & CS Flame

Oflayn botlar bilan jang yoki lokal tarmoqda do'stlar bilan o'ynash.

Oflayn · lokalTayyor
NFS: Most Wanted
Poyga

NFS: Most Wanted

Shahar ko'chalaridagi quvlashmachoq va tyuning. Barqaror kadr chastotasi.

ISO darchasi yo'qTayyor
Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Qisqa javoblar — qolganini launcher o'zi hal qiladi.

O'yinlar internet bilan ishlaydimi?

Yo'q. Bu striming emas — o'yin to'g'ridan-to'g'ri qurilmangizda ishlaydi. Internet faqat yuklab olish va yangilanish uchun kerak, o'yinning o'zi oflayn ochiladi.

Qaysi telefonlar mos keladi?

Android 9.0 va yuqori, 64-bit protsessor. Kamida 4 GB RAM kerak; og'ir o'yinlar uchun 6 GB va 10 GB bo'sh joy tavsiya etiladi.

Qancha joy egallaydi?

Launcherning o'zi ~500 MB, har o'yin o'rtacha 1–3 GB. Fayllar telefon galereyasida ko'rinmaydigan ichki papkada saqlanadi.

Boshqaruv qanday ishlaydi?

Har o'yin uchun alohida profil bor: strategiyada kursor yashiriladi va faqat sensor ishlaydi, otishmada virtual stik, nishon va otish tugmasi chiqadi.

Nega o'yinlar telefon menyusida ko'rinmaydi?

Shunday bo'lishi kerak. CAT o'yinlarni o'z ichki sandbox'ida ishga tushiradi — alohida APK o'rnatilmaydi va bosh ekranda ortiqcha ikonka paydo bo'lmaydi.

Xonaga do'stlarni qanday qo'shaman?

Xona yaratib, kodini yuborasiz — do'stingiz shu kod bilan qo'shiladi. Bir xil Wi-Fi'dagi qurilmalar lokal rejimda serversiz ham ulanadi.

Muammo bo'lsa
O'yin ochilmayapti, nima qilaman?

Avval internetni va bo'sh joyni tekshiring (kamida 2 GB). Keyin katalogdagi o'yin kartasi menyusidan «Qayta yuklash»ni tanlang — launcher fayllarni qaytadan tekshiradi va yetishmayotganini yuklaydi.

Sensor ishlamayapti, bosishlar o'tmayapti?

Boshqaruv profilini tekshiring: Sozlamalar → Boshqaruv. Ekran himoyasi yoki imo-ishora navigatsiyasi chetdagi bosishlarni ushlab qolishi mumkin — ularni o'chirib, o'yinni qayta oching.

Ekran to'liq ochilmayapti (chetlarida bo'sh joy)?

CAT o'yinni qurilma ekraniga cho'zadi. Agar o'yin kichik oynada ochilsa, Sozlamalar → Ekran bo'limida «To'liq ekran»ni yoqing va o'yinni qayta ishga tushiring. Ba'zi o'yinlar o'z o'lchamini ichki menyusida saqlaydi — u yerda 16:9 ni tanlang.

Platformalar

CAT'ni hoziroq oling

Hamma konfiguratsiya avtomatlashtirilgan: o'rnating, o'yinni tanlang va o'ynang.

Android

Android 9.0+ · versiya 1.0.32 · 504 MB

APK faylni yuklab oling — launcher qolganini o'zi qiladi: yuklaydi, sozlaydi va o'yinni ochadi.

APK yuklab olish

Chrome «fayl xavfli» deb ogohlantirsa — «Baribir yuklash»ni tanlang. Fayl CAT serveridan beriladi.

iOS

App Store · tayyorlanmoqda

Birinchi versiya — CAT hamroh ilovasi: katalog, xonalar va chat. O'yinni qurilmada ishga tushirish keyingi bosqichda.

Tez orada App Store'da
Yordam